locale OZ

Florentino Peres Rim papasiga «Real» futbolkasini sovg‘a qildi

Ispaniyalik funksioner 2030 yilgacha Madrid klubi prezidenti etib saylandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Florentino Peres Rim papasiga «Real» futbolkasini sovg‘a qildi
FOTO: Getty Images

«Real Madrid» klubining yaqinda qayta saylangan 79 yoshli prezidenti Florentino Peres Rim papasiga klub futbolkasini topshirdi. Bu haqda madridliklar matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Peres saylovdagi g‘alabasidan keyingi nutqida Rim papasiga «qirollik klubi»ning 1-raqamli maykasini sovg‘a qilishini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Florentino Peres 2030 yilga qadar klubni boshqarishda davom etadi. Funksioner ushbu lavozimni ketma-ket sakkizinchi bor egalladi.

Avvalroq, Peres saylovda g‘alaba qozongan taqdirda, Joze Mourinyo «Real» bosh murabbiyiga aylanishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, qayta saylangan prezident «Liverpul» himoyachisi Ibraima Konate hamda «Inter» a’zosi Denzel Dumfris bilan shartnoma imzolanganini ham e’lon qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting