Florentino Peres «Real» bosh murabbiyi sifatida Yurgen Kloppni ko‘rishni istamoqda
Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres jamoani nemis mutaxassisi Yurgen Klopp boshqarishini orzu qilmoqda. Bu haqda jurnalist Santi Auna (Footmercato) xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Peres yaqin vaqt ichida Kloppni «Qirollik klubi» bosh murabbiyligi lavozimini qabul qilishga ko‘ndirishga harakat qiladi.
Yurgen Klopp futbol jamoatchiligiga asosan Dortmundning «Borussiya» klubidagi faoliyati orqali tanilgan. Shuningdek, u «Mayns»da ishlagan, 2016–2024 yillar oralig‘ida esa «Liverpul»ni boshqargan. Ingliz klubida Klopp APL chempionligi, YCHL, milliy kuboklar hamda Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini qo‘lga kiritgan.
Avvalroq «Real» matbuot xizmati bosh murabbiy Xabi Alonso bilan o‘zaro kelishuv asosida xayrlashilganini ma’lum qilgan edi.