locale OZ

Florentino Peres payshanba kuni «Real»ning yangi «bomba» transferini eʼlon qiladi

Ortda qolgan mavsumda madridliklar La Ligada ikkinchi oʻrinni band etishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Florentino Peres payshanba kuni «Real»ning yangi «bomba» transferini eʼlon qiladi
FOTO: Getty Images

«Real Madrid» prezidenti Florentino Peres yaqin kunlarda katta transfer amalga oshishini rasman tasdiqladi. AS nashrining xabar berishicha, klub rahbari tez orada muxlislarni xursand qilmoqchi.

«Shu payshanba kuni men «Real»ning keyingi mavsum uchun ilk shov-shuvli transferini eʼlon qilaman. Mening sport loyiham nimadan iborat ekanligini hamma yaxshi biladi: tarkibda eng zoʻr futbolchilarni jamlash va gʻalaba qozonishda davom etish», — deya Peresning soʻzlarini keltiradi manba.

Eslatib oʻtamiz, ortda qolgan mavsum yakunlariga koʻra, Madrid klubi Ispaniya chempionati turnir jadvalida 86 ochko jamgʻarib, ikkinchi oʻrinni egallagan edi.

Bundan tashqari, «Real Madrid» klubi prezidentlik saylovlari boʻlib oʻtadigan sanani ham rasman eʼlon qildi. Saylov shu yakshanba, 7 iyun kuni boʻlib oʻtadi. Unda ikki nafar nomzod — amaldagi prezident Florentino Peres hamda ispaniyalik tadbirkor Enrike Rikelme oʻzaro kurash olib borishadi. Saylov oldidan eʼlon qilinadigan bu transfer Peres uchun katta kozir boʻlishi aniq!

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting