Florentino Peres Mourinyuning «Real»ga qaytish istagidan xabardor — Romano
Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres jamoaning sobiq murabbiyi Joze Mourinyuning klubga qaytish istagi haqida xabardor qilingan. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano ma’lum qildi.
Manbaning ta’kidlashicha, portugaliyalik mutaxassis o‘z yaqinlariga «qirollik klubi»da ikkinchi bor imkoniyatga ega bo‘lishni va jamoaga qaytishni xohlayotganini bildirgan. Romano «qaymoqranglilar» yangi murabbiy borasidagi yakuniy qarorni yaqin vaqt ichida qabul qilishini alohida qayd etgan.
Mourinyu 2010 yildan 2013 yilga qadar «Real»ni boshqargan. Uning qo‘l ostida Madrid klubi Ispaniya chempionligi, mamlakat Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan. Portugaliyalik mutaxassisning «Benfika» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.