Florentino Peres Mourinyu bo‘yicha savolga javob berishdan bosh tortdi
Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres Joze Mourinyoning «qaymoqranglilar» bosh murabbiyligiga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh bermadi. Shuningdek, «qirollik klubi» rahbari amaldagi murabbiy Alvaro Arbeloa va futbolchilar o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi savolni ham javobsiz qoldirdi.
«Biz Joze Mourinyoni taklif qilmoqchimizmi? Hali bu bosqichga yetganimiz yo‘q. Ular «Real Madrid»ni bizdan tortib olmoqchi, biroq biz klub «sosyos»larga (klub a’zolariga) tegishli bo‘lib qolishini istaymiz.
Arbeloaning o‘yinchilar bilan bog‘liq vaziyati? Men masalaning sport tomoni haqida gapirmoqchi emasman. Men «Real» manfaati uchun xizmat qiladigan yangi saylovlar o‘tkazilishini e’lon qilmoqchiman. Ba’zi odamlar yoki jurnalistlar bunga xalaqit bermoqchi», — dedi Peres matbuot anjumanida.