locale OZ

Florentino Peres «Manchester Siti»dan Rodrini sotib olmoqchi emas

Ortda qolgan mavsumda Rodri 33 ta oʻyinda maydonga tushdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Florentino Peres «Manchester Siti»dan Rodrini sotib olmoqchi emas
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodrining transferini amalga oshirmoqchi emas. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto Marca nashri uchun xabar bermoqda.

«Menga “Real” va “Siti” o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa bo‘lganini aytishdi. “Siti”dagilar “Real” Rodrini tarkibga qo‘shib olmoqchi emasligidan xabardor. Menga berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Florentino Peres Rodri bilan shartnoma imzolashni istamayapti va ayni damda bu masalada hech qanday siljish yo‘qdek ko‘rinmoqda», — dedi Moretto.

Ortda qolgan mavsumda Rodri barcha musobaqalarda jami 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga erishdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, yarimhimoyachining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting