Florentino Peres: «La Liga «Real»ni tanqid qiluvchi nashrlarni moliyalashtirmoqda»
Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres La Liga rahbariyati «qirollik klubi» haqida salbiy mazmundagi xabarlar tarqatuvchi OAVlarni homiylik asosida qo‘llab-quvvatlayotgani haqida o‘z fikrini bildirdi.
«ABC gazetasi «Relevo» nashrini tashkil etgan kompaniyaga tegishli. «Relevo» La Liga bilan tuzilgan kelishuvga binoan, raqamli gazeta chiqarishga e’tibor qaratdi va bu loyiha 25 million yevro zarar keltirdi — ushbu mablag‘ esa La Liga tomonidan qoplab berildi.
«Relevo» nashrining yagona maqsadi — Madridning «Real» klubiga va Florentino Peresga hujum qilish edi. Mening otam doim ABC o‘qirdi, o‘zim ham ko‘p yillar davomida ushbu gazetaga obuna bo‘lganman. Otamning xotirasi hurmati, shuncha yillik obunadan so‘ng ABC o‘qishni to‘xtatishga qaror qildim», — dedi Peres matbuot anjumanida.