locale OZ

Florentino Peres iste’foga chiqmasligini va sog‘lig‘i haqidagi gaplar yolg‘onligini ma’lum qildi

Hozirda u 79 yoshda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Florentino Peres iste’foga chiqmasligini va sog‘lig‘i haqidagi gaplar yolg‘onligini ma’lum qildi
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres o‘z lavozimini tark etish niyati yo‘qligini bildirdi. Shuningdek, 79 yoshli funksioner o‘zida og‘ir kasallik borligi haqidagi xabarlarni rad etdi.

«Sizlarga buni aytayotganimdan afsusdaman, lekin men iste’foga chiqmoqchi emasman... Men iste’foga chiqmayman! Menga qarshi kampaniyalar olib borilmoqda. Biroq men hamon shu yerdaman va prezidentman. Odamlar menda saraton borligini gapirishdi, lekin bularning barchasi uydirma. Men charchaganim yo‘q», — dedi Peres matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, Peres 2000 yildan 2006 yilgacha «Real» prezidenti lavozimida ishlagan. U 2009 yilda yana ushbu lavozimga qaytgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting