locale OZ

Florentino Peres: «Bu mavsumda bizdan 18 ochkoni o‘g‘irlashdi»

«Real» prezidenti joriy mavsumda hakamlarning qarorlari haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Florentino Peres: «Bu mavsumda bizdan 18 ochkoni o‘g‘irlashdi»
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres joriy mavsumda hakamlarning qarorlari sababli «qaymoqranglilar» 18 ochko yo‘qotganini ma’lum qildi. Shuningdek, 79 yoshli funksioner uning rahbarligi davrida «qirollik klubi» ko‘proq La Liga titullarini qo‘lga kiritishi lozim bo‘lganini ta’kidladi.

«Qanday qilib g‘azablanmasligim mumkin? Men 7 ta La Liga titulini yutdim, ammo ular 14 ta bo‘lishi kerak edi. Meni ularning yettitasidan mahrum qilishdi. Bu mavsumda esa bizdan 18 ochkoni o‘g‘irlashdi. Ushbu «rejim ziyolilari» bizga zarar yetkazishmoqda», — dedi Peres matbuot anjumanida.

Ispaniya chempionatining 35 turidan so‘ng «Real» 77 ochko jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Peres 2000 yildan 2006 yilgacha «Real» prezidenti lavozimida ishlagan. U 2009 yilda yana ushbu lavozimga qaytgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting