locale OZ

Flikning «Barselona» bilan qachon yangi shartnoma imzolashi ma’lum

Nemis mutaxassisining amaldagi mehnat shartnomasi 2027-yil yozigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Flikning «Barselona» bilan qachon yangi shartnoma imzolashi ma’lum
ФОТО: Getty images

“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik klub bilan yangi shartnoma muddati bo‘yicha kelishuvga erishdi, u 2028-yilgacha mo‘ljallangan va yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin. Nemis mutaxassisining amaldagi mehnat shartnomasi 2027-yil yozigacha amal qiladi. Bu haqda jurnalist Rojer Torello o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, kelasi hafta Flikning agenti Pini Zaxavi so‘nggi tafsilotlarni kelishib olish maqsadida Barselonaga keladi. Ta’kidlanishicha, nemis mutaxassisi “Barselona” chempion bo‘lishi bilanoq yangi shartnomani imzolaydi.

Ispaniya chempionatining 33-turidan so‘ng “ko‘k-anorranglilar” 85 ochko jamg‘arib, birinchi o‘rinni egallab turibdi va ikkinchi o‘rindagi Madridning “Real” klubidan 11 ochkoga o‘zib ketgan. La Liga mavsumi yakunlanishiga beshta tur qoldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting