Flik va Yamal yulduz futbolchini “Barselona”ga chorlamoqda
Biroq transferni amalga oshirish oson bo‘lmaydi.
Foto: Getty Images
“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik hamda jamoa yetakchilaridan biri Lamin Yamal klubning asosiy transfer maqsadlaridan biri bo‘lgan Xulian Alvaresni Kataloniya klubiga ko‘ndirishga harakat qilmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, ular argentinalik hujumchi bilan shaxsiy aloqaga chiqib, uni “Barselona” safiga qo‘shilishga undagan.
Biroq transferni amalga oshirish oson bo‘lmaydi. Madridning “Atletiko” klubi Xulian Alvaresni jamoaning muhim futbolchilaridan biri deb hisoblaydi va uni qo‘yib yuborishni istamayapti. Shu sababli muzokaralar murakkab kechishi kutilmoqda.
Shunga qaramay, “Barselona” hujum chizig‘ini kuchaytirish ustida ishlashda davom etmoqda va Xulian Alvares klubning asosiy nomzodlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist