Flik va Deko Reshfordning «Barselona»dagi kelajagi borasida tortishib qoldi
«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik «Manchester Yunayted»dan ijara asosida o‘ynayotgan hujumchi Markus Reshfordni doimiy ravishda klub tarkibida qoldirishni talab qilmoqda. O‘z navbatida, klub sport direktori Deku «Chelsi» vingeri Pedru Netu nomzodini muqobil variant sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Touchline nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, nemis mutaxassisi Dekuga hujum chizig‘ining chap qanotini kuchaytirish uchun 28 yoshli angliyalik futbolchi ustuvor variant ekanligini bildirgan. «Manchester Yunayted» bilan olib borilayotgan qiyin muzokaralarga qaramay, Flik jamoada Reshforddan boshqani ko‘rishni istamayapti.
Avvalroq, ommaviy axborot vositalarida «Barselona» hujumchini «Manchester Yunayted»dan 30 million yevro evaziga sotib olishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Reshford kataloniyaliklar safida barcha turnirlarda 38 ta uchrashuv o‘tkazib, 10 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Transfermarkt portalining ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.