locale OZ

Flik: «Ularda yo‘qotadigan hech narsa yoʻq»

«Barselona» bosh murabbiyi «Albasete»ga qarshi oʻyin haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Flik: «Ularda yo‘qotadigan hech narsa yoʻq»
FOTO: Getty Images

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Ispaniya Kubogining 1/4 finali doirasidagi «Albasete»ga qarshi uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Germaniyalik mutaxassis raqibni past baholamaslik kerakligini alohida ta’kidladi.

«Ularda yo‘qotadigan hech narsa yo‘q, shuning uchun bu juda qiyin o‘yin bo‘ladi. Biz ushbu bahsga xuddi boshqa o‘yinlar kabi jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Biz barcha raqiblarga bir xil hurmat bilan munosabatda bo‘lamiz.

Hozirgi pallada bizning fikrlash tarzimiz juda muhim. Maydonga g‘alaba qozonish ishtiyoqi bilan tushishimiz va keyingi bosqichga chiqish uchun eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishimiz shart. Bu futbol, unda mukammallik mavjud emas va har qanday kutilmagan voqea sodir bo‘lishi mumkin», — dedi Flik AS nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» Ispaniya Kubogining amaldagi g‘olibi hisoblanadi. O‘tgan yilgi finalda kataloniyaliklar «Real Madrid»ni qo‘shimcha bo‘limlarda (3:2) mag‘lub etgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting