locale OZ

Flik: «U hali o‘z salohiyatini to‘liq namoyish etgani yo‘q»

«Barselona» bosh murabbiyi Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Flik: «U hali o‘z salohiyatini to‘liq namoyish etgani yo‘q»
FOTO: Getty Images

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoaning yosh yulduzi Lamin Yamalning o‘yini va o‘sishi borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men ko‘rayotganlarimdan mamnunman; u o‘sishda davom etmoqda. U kabi iqtidorli o‘yinchilar uchun eng muhimi — futboldan zavq olishdir. Biz uning rivojlanishiga yordam bermoqchimiz. Oxirgi bir necha o‘yinda uning bor e’tiborini maydonga qaratganini ko‘rish mumkin va u ko‘proq gol ura boshladi. Shuni aytishim kerakki, u hali o‘z salohiyatini to‘liq ochib ulgurgani yo‘q», — deya Flikning so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Joriy mavsumda Yamal Kataloniya klubi safida barcha turnirlarda 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol va 11 ta samarali uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» hozirda Ispaniya chempionatida 55 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Ko‘k-anorranglilar»ning eng yaqin ta’qibchisi — Madridning «Real» klubi bilan oradagi farq bor-yo‘g‘i bitta ochkoni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting