Flik “Real”ning “Betis”ga qarshi mag‘lubiyatiga munosabat bildirdi
Madridliklar bahs davomida bir qator vaziyatlar yaratgan bo‘lsa-da, 81-daqiqada o‘tkazib yuborilgan gol natijani hal qildi.
Foto: Getty Images
“Barselona” bosh murabbiyi Xansi Flik “Real Madrid”ning “Betis”ga qarshi safar uchrashuvidagi 0:1 hisobidagi mag‘lubiyatiga munosabat bildirdi. Madridliklar bahs davomida bir qator vaziyatlar yaratgan bo‘lsa-da, 81-daqiqada o‘tkazib yuborilgan gol natijani hal qildi.
Flik raqibning natijasiga ortiqcha e’tibor qaratmasligini ta’kidladi.
“Real yaxshi o‘ynadi va g‘alaba qozonish uchun ko‘plab vaziyatlar yaratdi. Ammo biz uchun eng muhimi — o‘zimizga e’tibor qaratish”, — dedi germaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, “Barselona” ayni paytda 9 ochko bilan La Liga turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda va “Real”ga nisbatan bitta kam uchrashuv o‘tkazgan. Kataloniyaliklar 6-sentabr kuni safarda “Valensiya”ga qarshi maydonga tushadi.