locale OZ

Flik «Real»ga qarshi oltita oʻyindan beshtasi gʻalaba qozondi

11 yanvar kuni «Barselona» Ispaniya Superkubogini qoʻlga kiritdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Flik «Real»ga qarshi oltita oʻyindan beshtasi gʻalaba qozondi
FOTO: Getty Images

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik faoliyati davomida «Real»ga qarshi o‘tkazgan olti uchrashuvning beshtasida g‘alaba qozongan. Nemis mutaxassisi kataloniyaliklar boshqaruvini 2024 yilda qo‘lga olgan. Avvalroq Flik Myunxenning «Bavariya»si, «Xoffenxaym» klubi hamda Germaniya milliy terma jamoasida ishlagan.

11 yanvar kuni Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona» va «Real» o‘rtasida bahs bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan «King Abdulla Sports City» stadionida o‘tkazildi. Bellashuvni bosh hakam sifatida Xose Munuera Montero boshqardi. O‘yin 3:2 hisobida «ko‘k-anorranglilar» foydasiga yakunlandi.

Shu tariqa, «Barselona» klub tarixida 16-marta Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum finalida ham kataloniyaliklar «Real»ni 5:2 hisobida mag‘lub etgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting