Flik: «PSJ» oʻrniga «Nyukasl» raqib boʻlganidan xursandmanmi? Yo‘q»
«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Chempionlar Ligasi nimchorak final qur’asi natijalari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Qur’aga ko‘ra, kataloniyaliklar ushbu bosqichda Angliyaning «Nyukasl» jamoasiga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi.
Matbuot anjumanida murabbiyga «PSJ» o‘rniga «Nyukasl» raqib bo‘lganidan xursandmi-yo‘qligi borasida savol berildi.
«Yo‘q, chunki har bir o‘yin muhim ahamiyatga ega. Chempionlar Ligasida oson uchrashuvlar bo‘lmaydi. «Nyukasl» — ajoyib jamoa, biz buni ularning so‘nggi o‘yinlarida ham, o‘zaro to‘qnashuvimizda ham ko‘rdik. Oson bo‘lmasligi aniq. Menimcha, raqibni doim hurmat qilish kerak. Hamma, jumladan, biz ham finalga chiqishni istaymiz. «Nyukasl» ham xuddi shu maqsadni ko‘zlagan», — deya javob berdi Flik.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida Chempionlar Ligasining umumiy bosqichi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda «Barselona» safarda «Nyukasl» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.