Flik: «O‘yin ogʻir kechdi, raqib juda yaxshi harakat qildi»
«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Ispaniya Kubogi 1/8 finalida «Rasing» ustidan qo‘lga kiritilgan 2:0 hisobidagi g‘alabani izohladi.
«O‘yin juda og‘ir kechdi. Atmosfera a’lo darajada bo‘ldi, raqib juda yaxshi harakat qildi. Yakunda 2:0 — eng muhimi shu. Quyi ligalar vakillari Kubok bahslarida juda jasur bo‘lishadi, ular yo‘qotadigan narsaga ega emas, faqat yutish uchun maydonga tushishadi va bu yaqqol seziladi. Bunday o‘yinlarni tomosha qilish juda zavqli», — deya Flikning so‘zlarini keltiradi AS nashri.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya Kubogi 1/16 finalida «Barselona» «Gvadalaxara» klubini 2:0 hisobida mag‘lub etgandi. «Rasing» esa ushbu bosqichda «Vilyarreal» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Ta’kidlash joiz, Ispaniya Kubogining amaldagi sohibi ham «Barselona» hisoblanadi. 2024/2025 yilgi mavsum finalida «ko‘k-anorranglilar» «Real»ni qo‘shimcha bo‘limlarda 3:2 hisobida taslim etgan.