locale OZ

Flik: «La Ligada juda yaxshi hakamlar bor, lekin...»

«Barselona» bosh murabbiyi «Real Sosedad»ga qarshi bahsdagi hakamlikni tanqid qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Flik: «La Ligada juda yaxshi hakamlar bor, lekin...»
FOTO: Getty Images

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik La Liganing 20-turidan oʻrin olgan «Real Sosedad»ga qarshi bahsdagi hakam Xesus Hilya Mansanoning qarorlaridan norozi boʻldi.

Uchrashuv katalonlarning 1:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. E’tiborlisi, hakam VAR orqali «Barselona»ning bir nechta golini bekor qilgan edi.

«Men La Liga hakamlari haqida doimo yaxshi fikr bildiraman, bizda juda yaxshi hakamlar bor. Lekin shu bir kishi… Hamma biladi, u qanday… Frenki aytdi, hakam kibrlik qildi, va u haqiqatdan ham shunday bo‘ldi. Barchamiz ko‘rdik, u o‘sha kechada nima qilganini», — dedi Flik.

«Barselona» 20 o‘yindan so‘ng 49 ochko to‘plab, La Liga jadvalida yetakchilik qilmoqda. «Real Sosedad» esa 24 ochko bilan 9-o‘rinda turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting