locale OZ

Flik Jyul Kundeni ogohlantirdi: “Barselona” himoyachini transferga qo‘yishi mumkin

Nemis mutaxassisi fransiyalik futbolchidan o‘yinini tezroq yaxshilashni talab qilgan.
Flik Jyul Kundeni ogohlantirdi: “Barselona” himoyachini transferga qo‘yishi mumkin
Foto: Getty Images

“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik himoyachi Jyul Kunde bilan uning jamoadagi holati yuzasidan alohida suhbat o‘tkazgan. El Nacional nashri L’Équipe ma’lumotiga tayanib yozishicha, nemis mutaxassisi fransiyalik futbolchidan o‘yinini tezroq yaxshilashni talab qilgan.

Kunde joriy mavsumda avvalgidek asosiy tarkibning daxlsiz futbolchisi bo‘lib qolmadi. Manbaga ko‘ra, Flik unga hali ham ishonch bildirmoqda, biroq vaziyat o‘zgarmasa, murabbiy uni qo‘llab-quvvatlashda davom eta olmasligini tushuntirgan. Shunday holatda “Barselona” futbolchini kelgusi transfer oynalaridan birida sotish variantini ko‘rib chiqishi mumkin.

Bu Kundening “Barselona”dagi avvalgi mavqeidan keskin farq qiladi. 2024/25-yilgi mavsumda u Flik jamoasining eng ko‘p ishlatilgan futbolchilaridan biri bo‘lgan, klub esa 2025-yil avgustida himoyachi bilan shartnomani 2030-yil 30-iyungacha uzaytirgan edi.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli Kunde “Barselona”ga 2022-yilda “Sevilya”dan kelib qo‘shilgan. U markaziy himoyachi va o‘ng qanot himoyachisi sifatida harakat qila oladi. Klubning rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, fransiyalik futbolchi 2025/26-yilgi mavsumda 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 4 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting