Flik: «Juda muhim final edi, «Real»ga qarshi hech qachon oson boʻlmaydi»
«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Ispaniya Superkubogi finalida Madridning «Real» klubiga qarshi qo‘lga kiritilgan g‘alabani izohladi. Uchrashuv kataloniyaliklarning 3:2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
«Bu juda muhim final edi, «Real»ga qarshi o‘yinlar hech qachon oson bo‘lmaydi. Jamoam bilan faxrlanaman — biz belgilangan reja asosida harakat qildik. To‘pni nazorat qilganimizdan va o‘yinni boshqarganimizdan mamnunman. Yakunda butun jamoa kerakli ishni bajardi. Oson bo‘lmadi, biroq futbolchilar yaxshi kurash olib bordi va yagona jamoa sifatida harakat qildi — bu yaqqol ko‘rindi. Raqib tomonidan kuchli bosim bo‘ldi, ammo biz bunga bardosh bera oldik», — dedi Flik.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» Ispaniya Superkubogida «Real»ni yettinchi marta mag‘lub etdi. Kataloniya klubi ushbu musobaqaning eng sovrindor jamoasi hisoblanadi — salkam 16 marta Superkubokni qo‘lga kiritgan. Ikkinchi o‘rinda esa «Real» — 13 ta sovrin.