Flik: «Hamma narsa rasman hal boʻlganidan keyin bayram qilamiz»
«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Ispaniya La Ligasining 32-turidan o‘rin olgan «Xetafe»ga qarshi o‘yindagi g‘alaba (2:0) hamda chempionlik uchun kurash haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Biz o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishni istagan edik. Maydonda ko‘rganlarim — ham to‘p bilan, ham to‘psiz harakatlarimiz menga juda manzur bo‘ldi. Vaziyatlardan unumli foydalana olish qobiliyati bugun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Biz bo‘sh hududlardan maksimal darajada foydalanishga harakat qildik.
Eng muhimi — bugungi kun; biz hozircha boshqa narsa haqida o‘ylashni istamaymiz. Hamma narsa rasman hal bo‘lganidan keyin bayram qilamiz», — deya Flikning so‘zlarini keltirmoqda AS nashri.
Ispaniya chempionatining 33 ta uchrashuvidan so‘ng «Barselona» 85 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda. Madridning «Real» klubi esa 74 ochko bilan ikkinchi pog‘onadan joy olgan. «Xetafe» 44 ochko bilan oltinchi o‘rinni egallab turibdi.