locale OZ

Flik: «Hafsalamiz pir boʻldi»

«Barselona» bosh murabbiyi YChL chorak finalidagi muvaffaqiyatsizlikdan soʻng oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Flik: «Hafsalamiz pir boʻldi»
FOTO: Getty Images

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoasining Chempionlar Ligasi chorak finalida musobaqani tark etgani borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «ko‘k-anorranglilar» Madridning «Atletiko» klubiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

«Hafsalamiz pir bo‘ldi. Jamoa hatto bir kishi kam bo‘lib qolgan vaziyatda ham fantastik o‘yin ko‘rsatdi. Biroz omadimiz kelmadi, lekin biz buni tan olishimiz kerak.

Menimcha, birinchi bo‘limda bizda ko‘plab imkoniyatlar bo‘ldi, ammo gol o‘tkazib yubordik. Futbol shunaqa, biz bundan ham yaxshiroq o‘ynashimiz lozim. Jamoa bor kuchini berdi, biroq yakunda bizga biroz kuch yetishmadi», — dedi Flik.

Ma’lumot uchun, Chempionlar Ligasining o‘tgan mavsumida «Barselona» yarimfinalga qadar yetib borgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting