locale OZ

Flik Germaniyada yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Flik Germaniyada yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi
Фото: Getty Images

“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Dieter Flik Germaniyada tengsiz deb topildi.

Bild nashri tomonidan u yilning eng yaxshi murabbiyiga aylandi. Gamburgda Sport Bild mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

"Barselona"ni boshqarayotgan 60 yoshli germaniyalik mutaxassis yilning eng yaxshi murabbiyi uchun mukofotni oldi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Kataloniya klubi Flik boshchiligida La Liga va kubokni qo‘lga kiritgandi. "Barselona" o‘z tarixida 9-marta Ispaniyada oltin dublga erishdi. Flik marosimda video havola orqali ishtirok etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting