Flik: «Finalga chiqish uchun oxirigacha kurashamiz»
Madriddagi bahs 4:0 hisobida yakuniga yetdi.
ФОТО: Getty images
“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Ispaniya Kubogi yarim finalida “Atletiko”dan uchralgan yirik hisobdagi mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
"Bu hali yakun emas, oldinda o‘z stadionimizdagi javob o‘yini bor. Bizga muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlashi juda zarur. Hech narsani istisno qilmaslik kerak. Biz hali vaziyatni o‘zgartira olamiz. Oxirigacha kurashamiz va finalga chiqish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz", — dedi Flik matbuot anjumanida.
Ma’lumot uchun, javob bahsi 4 mart kuniga belgilangan. O‘yin Kataloniyada bo‘lib o‘tadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist