Flik: «Bunday o'yinlarda gol urish juda qiyin»
Germaniyalik mutaxassis jamoasining kubokdagi g'alabasi haqida gapirdi.
ФОТО: Getty images
"Barselona" bosh murabbiyi Hansi Flik Ispaniya kubogi 32-turida "Guadalajara" ustidan qo'lga kiritilgan g'alaba (2:0) haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Menga jamoaning jangovar ruhi juda yoqadi va g'alabadan xursandman. Kubok o'yinlari har doim qiyin kechadi, biroq biz yaxshi o'ynadik. Eng muhimi – o'yin davomida qanday fikrda bo'lganimiz va munosabatimiz edi.
Yana bir bor ta'kidlayman, futbolchilarning ushbu o'yinga bo'lgan munosabati hal qiluvchi bo'ldi. Bunday o'yinlarda gol urish qiyin, lekin biz gol urishga muvaffaq bo'ldik", – deya Flikning so'zlarini keltiradi Marca nashri.
Uchrashuvdagi gollarni daniyalik himoyachi Andreas Kristensen 76-daqiqada va ingliz vingeri Markus Reshford 90-daqiqada kiritdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist