Flik: Biz La Liganı yutishni maqsad qilganmiz — «Barselona» 4 ochkolik farq bilan peshqadam
Flik: Biz La Liganı yutishni maqsad qilganmiz — «Barselona» 4 ochkolik farq bilan peshqadam
«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Dieter Flik jamoaning Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritishga bo‘lgan intilishini izohladi. Uning so‘zlarini Mundo Deportivo nashri keltiradi:
— Bizning asosiy maqsadimiz — La Liganı yutish. Bu musobaqa faqat uzoq va barqaror mavsum yakunida beriladigan sovrin. Unga erishish uchun har bir bosqichda eng yuqori darajada o‘ynash kerak, — dedi nemis mutaxassisi.
33 turdan so‘ng «Barselona» 76 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa eng yaqin ta’qibchidan 4 ochko oldinda.
Navbatdagi uchrashuvni kataloniyaliklar safarda «Valyadolid»ga qarshi o‘tkazadi. La Liganing 34-turi doirasidagi o‘yin Toshkent vaqti bilan 3 maydan 4 mayga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.
Bakradze Iman
Redaktor