locale OZ

Flik: «Biz eng yaxshi o‘yinimizni namoyish eta olmadik»

«Barselona» bosh murabbiyi «Nyukasl»ga qarshi oʻyin haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Flik: «Biz eng yaxshi o‘yinimizni namoyish eta olmadik»
FOTO: Getty Images

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichi doirasida «Nyukasl» bilan kechgan dastlabki uchrashuvdan (1:1) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Flik jamoaning ko‘rsatgan o‘yinini yuqori baholamadi va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga alohida urg‘u berdi:

«Biz eng yaxshi o‘yinimizni namoyish eta olmadik: to‘pni ko‘p yo‘qotdik va yaratilgan imkoniyatlardan foydalana olmadik. Raqib safida tezkor futbolchilar ko‘p, shunga qaramay, himoyadagi harakatlardan qoniqdim. Uchrashuv yuqori intensivlikda o‘tdi. Ta’tildan so‘ng taqvimimizda o‘yinlar soni ko‘paydi, ammo biz asta-sekin jismoniy holatimizni tiklab olamiz. Ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydik va ko‘p qoidabuzarliklar sodir etdik. Hozir tiklanish jarayoni muhim: yakshanba kuni bizni yangi o‘yin kutib turibdi, tayyorgarlik uchun vaqtimiz bor. Bunday darajadagi musobaqalar doimiy moslashuvni talab qiladi», — deya Flikning so‘zlarini keltirmoqda Marca nashri.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» va «Nyukasl» jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvi joriy yilning 18 mart kuni Ispaniyada bo‘lib o‘tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting