Flik: «Biz Chempionlar Ligasida gʻalaba qozonishga qodir jamoamiz»
«Barselona» klubi bosh murabbiyi Hans-Diter Flik UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichi doirasida «Nyukasl»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan javob uchrashuvi oldidan jamoasining ushbu turnirdagi maqsadlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Mazkur jamoalar o‘rtasidagi dastlabki bahsda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etilgan edi.
«Bu — futbol. Ko‘p narsa yuz berishi mumkin va ertaga vaziyat butunlay o‘zgarib ketishi ehtimoli bor, biroq biz ijobiy kayfiyatni saqlab qolishimiz shart. Jamoa tarkibida yuqori mahoratli futbolchilar ko‘p va o‘yinimizni yanada kuchaytirishimiz kerak bo‘lsa-da, biz ushbu Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishga qodirmiz deb o‘ylayman.
Hozirgi bosqichda barcha futbolchilarning jismoniy holati joyida bo‘lishi va o‘zlarining eng yaxshi o‘yinlarini ko‘rsatishlari juda muhim. Kelgusi bir oy davomida biz uchun eng asosiysi aynan shudir», — deya Flikning so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumdagi Chempionlar Ligasining final bahsi 2026 yil 30 may kuni Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tishi belgilangan.