Flik: «Birinchi boʻlimda juda sekin harakat qildik va oʻz oʻyinimizni koʻrsata olmadik»
«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Ispaniya La Ligasining 23-turi doirasida «Malyorka» ustidan qozonilgan g‘alabadan (3:0) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Birinchi bo‘limda biz juda sekin harakat qildik va o‘z o‘yinimizni ko‘rsata olmadik. Ikkinchi bo‘lim esa ancha mazmunli o‘tdi. Biz uch ochkoni qo‘lga kiritdik, uchta gol urdik va o‘z darvozamiz daxlsizligini saqlab qoldik. Shunday ekan, bu biz uchun juda ijobiy kun bo‘ldi.
Taktik jihatdan to‘xtaladigan bo‘lsak, tanaffusdan so‘ng ba’zi o‘zgarishlarni amalga oshirishimizga to‘g‘ri keldi», — deya Flikning so‘zlarini keltirmoqda Marca nashri.
Ispaniya chempionatining 23 ta turidan so‘ng «Barselona» 58 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda. «Malyorka» esa 24 ochko bilan 13-pog‘onani band etgan.