Flik Bernardu Silvani «Barselona»ga olib kelmoqchi
«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik dastlab «Manchester Siti» bilan shartnomasi yozda yakuniga yetadigan 31 yoshli yarim himoyachi Bernardu Silvani jamoaga olib kelishni maqsadga muvofiq emas deb hisoblagan edi. Nemis mutaxassisini portugaliyalik futbolchining yoshi xavotirga solgan. Shuningdek, Flik tarkibda hujumkor futbolchilar shundoq ham koʻpligini inobatga olgan. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.
Manbaning taʼkidlashicha, soʻnggi bir necha kun ichida «koʻk-anorranglilar» ustozi «Barselona»ning hujum chizigʻi vakillari jarohatlarga moyilligi sababli Silva zaruriy futbolchi ekanligini anglab yetgan. Flik ular uchun sifatli oʻrinbosarga ega boʻlishni xohlamoqda.
Bundan tashqari, «Barselona» rahbariyati portugaliyalik futbolchi oʻzining yetakchilik qobiliyati tufayli kiyinish xonasida ham muhim figuraga aylana oladi deb hisoblaydi. Klubda Silvaning turli pozitsiyalarda: ham maydon markazida, ham hujumning oʻng qanotida oʻynay olish qobiliyati yuqori baholanmoqda, bu esa Lamin Yamalga dam berish imkoniyatini taqdim etadi.