Flik “Barselona” tarixidagi eng yaxshi murabbiylar beshligiga kirdi
“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik klub tarixida La Liga turnir jadvalida eng ko‘p tur peshqadam bo‘lgan murabbiylar beshligiga kirdi. Nemis mutaxassisi boshqaruvidagi “Barselona” 81 turdan 61 tasini birinchi o‘rinda yakunlagan.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Flik hozircha beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Uning oldidagi eng yaqin murabbiy Rinus Mixels bo‘lib, uning “Barselona”si 63 tur davomida turnir jadvaliga peshqadamlik qilgan.
Keyingi o‘rinlarda Ernesto Valverde — 80 tur, Frank Raykard — 85 tur va Xosep Gvardiola — 87 tur bilan joylashgan. Gvardiola ushbu natijani klub boshqaruvidagi to‘rt to‘liq mavsum davomida qayd etgan.
Ma’lumot uchun, Flik “Barselona” boshqaruvidagi uchinchi mavsumini boshlamoqda. Agar uning jamoasi hozirgi sur’atni saqlab qolsa, to‘rt mavsum yakunida peshqadam sifatida o‘tkazilgan turlar soni qariyb 120 taga yetishi mumkin.