locale OZ

Flik “Barselona” hujumida faqat Xulian Alvaresni ko‘rmoqchi

Agar “Barselona” Xulian Alvares transferini amalga oshira olmasa, Flik rahbariyatdan uning o‘rniga boshqa qimmatbaho hujumchi sotib olishni talab qilmaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Flik “Barselona” hujumida faqat Xulian Alvaresni ko‘rmoqchi
Foto: Getty Images

“Barselona” yozgi transfer oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirish ustida ishlamoqda. Kataloniya klubining asosiy maqsadi Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Xulian Alvares bo‘lib qolmoqda.

Jurnalist Jerar Romero ma’lumotiga ko‘ra, “Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik hujum uchun boshqa yulduz nomzodlarni ko‘rib chiqishni istamayapti. Nemis mutaxassisi Viktor Osimhen, Dushan Vlahovich yoki Lautaro Martinesdan ko‘ra aynan Alvaresni o‘z jamoasida ko‘rishni xohlamoqda.

Manbaga ko‘ra, agar “Barselona” Xulian Alvares transferini amalga oshira olmasa, Flik rahbariyatdan uning o‘rniga boshqa qimmatbaho hujumchi sotib olishni talab qilmaydi. Ya’ni murabbiyning hujum chizig‘i uchun asosiy va ustuvor varianti aynan argentinalik futbolchi hisoblanadi.

Bu orada “Barselona” hujum chizig‘ida o‘zgarishlar davom etmoqda. Manbada Ferran Torresning “PSJ”ga o‘tishi kutilayotgani, Robert Levandovski esa o‘tgan mavsum yakunida jamoani tark etgani qayd etilgan. Hozircha Alvares transferi bo‘yicha rasmiy kelishuv mavjud emas.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting