locale OZ

Flik «Barselona» bilan shartnomasini uzaytirdi — manba

Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Flik «Barselona» bilan shartnomasini uzaytirdi — manba
ФОТО: Getty images

“Barselona” bosh murabbiyi Hansi-Diter Flik Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasini 2028-yilgacha uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, germaniyalik mutaxassis klub bilan kelishuvga erishgan, biroq rasmiy e'lonni prezidentlik saylovlari yakunlanguniga qadar kechiktirishni afzal ko‘rgan.

Flikning asosiy maqsadi — o‘zi tarbiyalayotgan yosh avlod bilan birgalikda Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lish.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda “Barselona” Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilmoqda. 28-turdan so‘ng kataloniyaliklar 70 ochko jamg‘argan holda, Madridning “Real” klubini 4 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting