«Flamengo» Vinisius Juniorni ortga qaytarmoqchi — manba
Braziliyaning «Flamengo» klubi Madridning «Real» jamoasi vingeri va o‘z tarbiyalanuvchisi Vinisius Juniorni ortga qaytarmoqchi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Braziliya klubi 25 yoshli futbolchiga «Real» yoki Saudiya Arabistoni jamoalari taklif qilayotgan moliyaviy shartlarni bera olmasligini yaxshi tushunadi. Biroq «Flamengo» bu borada «raqamlar bilan emas, balki his-tuyg‘ular bilan» raqobatlashmoqchi.
Rio-de-Janeyro klubi Vinisiusning jamoaga bo‘lgan bog‘liqligi va sadoqatiga urg‘u bermoqda hamda uni klubga «mutloq kumir» sifatida qaytishga ko‘ndirmoqchi.
Ta’kidlanishicha, faoliyatning ma’lum bosqichlarida bunday «ma’naviy omillar» ko‘pchilik o‘ylagandan ko‘ra muhimroq ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
O‘z navbatida, «Real Madrid» bu masalada qat’iy pozitsiyani egallagan — klub Vinisius bilan shartnomani uning muddati yakunlanishiga bir yil qolgunga qadar uzaytirish niyatida.
«Qaymoqranglilar» hujumchining tekinga (erkin agent sifatida) ketish variantini hech qanday holatda ko‘rib chiqmayapti.