locale OZ

«Flamengo» muxlislari boʻlgan avtobus agʻdarilib ketdi

Hodisa oqibatida 16 kishi tan jarohati oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Flamengo» muxlislari boʻlgan avtobus agʻdarilib ketdi
FOTO: Getty Images

Buenos-Ayresga qarab harakatlanayotgan «Flamengo» muxlislari boʻlgan avtobus Barra-Mansa shahri yaqinidagi shosseda agʻdarilib ketdi. Hodisa oqibatida 16 kishi tan jarohati olgan. Bu haqda Globo nashri xabar bermoqda.

Voqea joyiga favqulodda xizmatlar, yongʻin xavfsizligi boʻlimi va federal yoʻl politsiyasi xodimlari yetib kelgan.

«Flamengo» klubi rasmiy bayonotida shunday deyiladi:

«Buenos-Ayresga yoʻl olayotgan muxlislarimiz avtobusi bilan bogʻliq hodisadan xabar topdik. Klub Barra-Mansa meri Luis Furlani bilan bogʻlandi, u darhol jarohatlanganlarga yordam koʻrsatish uchun shahar kasalxonasini taqdim etdi.

Shuningdek, biz yongʻin xavfsizligi boshqarmasi bilan aloqadamiz va barcha zarur choralarni nazorat ostiga oldik. Voqeani diqqat bilan kuzatib bormoqdamiz».

Maʼlumot uchun, avtobus Buenos-Ayresga ketayotgan boʻlib, 30 oktyabr, payshanba kuni boʻlib oʻtadigan Libertadores kubogi yarim finalidan oʻrin olgan «Flamengo» — «Rasing» uchrashuvi uchun yoʻlga chiqqan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting