\"Flamengo\" Firminyoni o'z safiga qo'shib olmoqchi
Photo: Getty Images
Braziliyaning "Flamengo" klubi klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Klub o'z safiga Roberto Firminyoni qo'shib olishi mumkin.
Fichajes xabariga ko'ra, Firminyo "Al-Ahli"ni tark etishi mumkin. Futbolchining saudiyaliklar bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha mo'ljallangan. Biroq, klubdagi vaziyatdan kelib chiqib, hujumchi tark etishi va Braziliyaga qaytishi mumkin.
33 yoshli hujumchi yaqinda "Al-Ahli" bilan Elit OChL g'olibiga aylandi. Joriy mavsumda u Saudiya klubida barcha turnirlarda 31 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist