Firminoning yangi klubi nomi ma'lum bo‘ldi
Photo: Getty Images
Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubi braziliyalik hujumchisi Roberto Firmino faoliyatini Qatarda davom ettiradi. Bu haqda nufuzli insayder Fabrizio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi "As-Sadd"ga o‘tmoqda. Hujumchi Osiyo Chempionlar Ligasidagi g‘alabadan so‘ng "Al-Ahli"ni tark etishga qaror qilgan va Qatar klubi bilan shartnoma imzolagan.
Firmino 2023 yildan buyon "Al-Ahli" sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Bu vaqt ichida hujumchi barcha turnirlarda 65 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.