locale OZ

Firmino: «Men «Real»dan tushgan ikki taklifni rad etganman»

Braziliyalik futbolchi Madrid klubiga oʻtishdan bosh tortgani haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Firmino: «Men «Real»dan tushgan ikki taklifni rad etganman»
FOTO: Getty Images

Avval «Hoffenxaym» va «Liverpul» klublari safida to‘p surgan, hozirda esa Qatarning «Al Sadd» jamoasida faoliyat olib borayotgan hujumchi Roberto Firmino Madridning «Real» klubiga ikki bor o‘tishdan bosh tortganini ma’lum qildi.

«Men ikki marta «Real»dan tushgan taklifni rad etganman. «Liverpul»ga o‘tishimdan oldin va Saudiya Arabistoniga yo‘l olishimdan sal avval», — dedi Firmino.

Roberto Firmino 2015–2023 yillar oralig‘ida «Liverpul» safida harakat qilgan. Mersisayd klubi bilan birga braziliyalik futbolchi Angliya Premyer-ligasi, ichki kuboklar, Yevropa Chempionlar Ligasi hamda klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘alaba qozongan.

2023 yilda Firmino Saudiya Arabistonining «Al Ahli» klubiga qo‘shilgan va u yerda ikki mavsum davomida to‘p surgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting