locale OZ

«Fiorentina» Zirkzeyeni ijaraga olishi mumkin

Futbolchining vakillari ham «Fiorentina» taklifini o‘rganmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Fiorentina» Zirkzeyeni ijaraga olishi mumkin
ФОТО: Getty images

«Manchester Yunayted» hujumchi Joshua Zirkzeyeni ijaraga olish bo‘yicha «Fiorentina»ning taklifini ko‘rib chiqmoqda.

Insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, italiyaliklar futbolchi uchun 5 million yevro to‘lashga, uning maoshi xarajatlarini o‘z zimmasiga olishga hamda keyinchalik futbolchini sotib olish opsiyasini faollashtirishga tayyor.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli niderlandiyalik hujumchining «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan. Uning bozor qiymati 20 million yevroni tashkil etadi.

Zirkzeye «Manchester Yunayted»dagi ikki yil davomida 75 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining vakillari ham «Fiorentina» taklifini o‘rganmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting