«Fiorentina» prezidenti Rokko Kommisso vafot etdi
Italiyaning «Fiorentina» klubi rasmiy sayti orqali klub prezidenti Rokko Kommissoning vafoti haqida xabar berdi. U vafot etgan paytda 76 yoshda edi.
«Uzoq davom etgan davolanishdan so‘ng sevimli prezidentimiz bizni tark etdi va bugun barchamiz uning vafoti munosabati bilan qayg‘udamiz. Uning “Fiorentina”ga bo‘lgan muhabbati o‘ziga qilgan eng buyuk sovg‘asi edi — u doimo g‘amxo‘rlik ko‘rsatib, atrofdagilarga tabassum ulashardi. Tinimsiz mehnat qilgan holda, so‘nggi kunlariga qadar “Fiorentina” va uning kelajagi uchun yashadi. Futbol uning ehtirosi edi. Yetti yil avval Rokko “Fiorentina”ni boshqarganida, u klub muxlislarini, ranglarini va Florensiya shahrini chin dildan sevib qoldi. “Meni shunchaki Rokko deb chaqiring”, — derdi u barchaga samimiylik bilan. Seni sog‘inamiz va har doim sog‘inib qolamiz», — deyiladi klub bayonotida.
Joriy mavsumda «Fiorentina» Italiya A Seriyasi turnir jadvalida 20 turdan so‘ng 14 ochko bilan 18-o‘rinda bormoqda. Klub 2019 yil iyun oyida Rokko Kommisso tomonidan 150 million dollar evaziga sotib olingan edi.