locale OZ

«Fiorentina» Pioli bilan xayrlashmoqchi

Florensiya klubi turnir jadvalida so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Fiorentina” Pioli bilan xayrlashmoqchi
ФОТО: Getty images

“Fiorentina” rahbariyati bosh murabbiyi Stefano Pioli bilan yaqin soatlarda xayrlashishi mumkin.

Florensiya klubi o‘z maydonida “Lecce”ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, yana bir alamli yutqazishni qayd etdi.

Natijada, jamoa 10 turdan so‘ng A Seriya jadvalida atigi 4 ochko bilan so‘nggi o‘rinlardan birini egallab turibdi va hanuzgacha birorta ham g‘alaba qozonmagan.

Fabrizio Romano ma’lumotiga ko‘ra, Piolini ishdan bo‘shatish arafasida turibdi va uning iste’fosi yaqin kunlarda rasmiy e’lon qilinishi kutilmoqda.

Agar Pioli lavozimidan ketsa, “Fiorentina” bosh murabbiyligi uchun ehtimoliy nomzodlar orasida Tiago Motta, Daniele De Rossi va boshqa mashhur mutaxassislar bor.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting