«Fiorentina» oʻz tarkibini «Chelsi»ning ikki himoyachisi yordamida kuchaytirmoqchi
«Fiorentina» «Chelsi»ning markaziy himoyachisi Josh Achimpongga qiziqish bildirmoqda. «Binafshalar» 19 yoshli futbolchini sotib olish huquqi bilan ijara asosida olib kelish variantini ko‘rib chiqmoqda. Achimpongning o‘zi ham London klubini tark etishga tayyor. Bu haqda Tuttomercatoweb nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, italiyaliklar «Chelsi»ning yana bir himoyachisi — 27 yoshli Aksel Disasiga ham qiziqmoqda. Fransiyalik futbolchi joriy mavsumda asosiy tarkibda maydonga tushmayapti.
Achimpong joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 8 uchrashuvda qatnashib, bitta golga mualliflik qilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, yosh himoyachining bozor qiymati 15 million yevroni tashkil etadi.
Disasi esa bu mavsumda «Chelsi» asosiy jamoasi safida birorta o‘yinda maydonga tushmagan. Uning shartnomasi ham 2029 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt bahosiga ko‘ra, himoyachining qiymati 18 million yevro teng.