«Fiorentina» Artur Atta transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi
“Fiorentina” “Udinese” yarim himoyachisi Artur Attani o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, transfer uchun 30 million yevro to‘lanadi. Shuningdek, bitim bonuslar va futbolchining keyingi ehtimoliy sotuvdan ulush olish bandini ham o‘z ichiga oladi.
23 yoshli fransiyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish va shartnoma imzolash uchun Florensiyaga yo‘l oldi.
Artur Atta so‘nggi ikki mavsum davomida “Udinese” sharafini himoya qilgan. 2025/26 yilgi mavsumda u barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuvda ishtirok etib, 6 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra “Udinese” A Seriyada 10-o‘rinni egallagan bo‘lsa, “Fiorentina” 42 ochko bilan 15-pog‘onadan joy olgan edi.