Finalissima Osiyo qit'asida bo'lib o'tishi mumkin
O'yin Qatarda bo'lib o'tadi.
ФОТО: Getty images
Yevropa chempioni Ispaniya va Amerika Kubogi sohibi Argentina terma jamoalari ishtirokidagi Finalissima Osiyo qit'asida bo'lib o'tishi mumkin.
Marca xabar berishicha, uchrashuv 28 mart kuni Qatarda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Manbaga ko'ra, FIFA ushbu o'yinni Dohadagi “Lusail” stadionida tashkil etmoqchi. Shuningdek, nomzodlar qarorida Mayami hamda Ar-Riyodagi stadionlar ham bo'lgan, ammo Qatar variantini ko'pchilik ma'qullagani aytilmoqda.
Oxirgi Finalissima 2022 yilning iyun oyida o'tkazilgan bo'lib, o'shanda Argentina terma jamoasi Italiyani 3:0 hisobida mag'lub etgan edi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist