locale OZ

Finalissima: Ispaniya — Argentina to‘qnashuvi qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi

Finalissima - 2026 musobaqasi mart oyida bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Finalissima: Ispaniya — Argentina to‘qnashuvi qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi
ФОТО: Getty images

Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) rahbari Rafael Luzanbning ma’lum qilishicha, Ispaniya va Argentina terma jamoalari to‘qnash keladigan Finalissima - 2026 musobaqasi mart oyida bo‘lib o‘tadi.

"Finalissima deb nomlangan bu orzu mart oyida amalga oshadi. Biz masalani UEFA bilan kelishishga yaqinmiz va rasmiy tasdiqni kutmoqdamiz," — deya Luzanbning so‘zlarini keltiradi El Chiringuito ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi.

Finalissima — so‘nggi Yevropa chempionati va Amerika kubogi g‘oliblari to‘qnash keladigan bir o‘yindan iborat turnir.

Kubokning amaldagi va yagona g‘olibi Argentina terma jamoasi hisoblanadi — 2022 yilda Lionel Skaloni jamoasi Italiyani mag‘lub etgan (3:0).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting