locale OZ

«Finalissima-2026» qoldirildi — El Chiringuito

Ushbu bahs 27 mart kuni Qatarda boʻlib oʻtishi kerak edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Finalissima-2026» qoldirildi — El Chiringuito
FOTO: Getty Images

2026 yil 27 mart kuni Qatar poytaxti Dohadagi «Lusail» stadionida Argentina va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Finalissima-2026» uchrashuvi bekor qilindi. Bu haqda El Chiringuito nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur qaror Yaqin Sharqdagi vaziyat sababli qabul qilingan va bu boradagi rasmiy bayonot yaqin soatlarda e’lon qilinishi kutilmoqda.

Avvalroq, Qatar futbol assotsiatsiyasi (QFA) mamlakatdagi barcha futbol musobaqalari noma’lum muddatga qoldirilganini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu bahsda Argentina terma jamoasi amaldagi jahon chempioni va Amerika Kubogi g‘olibi sifatida, Ispaniya terma jamoasi esa amaldagi Yevropa chempioni sifatida maydonga tushishi kerak edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting