locale OZ

Finalga marhabo! O'zbekiston U17 Shimoliy Koreyani yirik hisobda mag'lub qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Finalga marhabo! O'zbekiston U17 Shimoliy Koreani yirik hisobda mag'lub qildi
PHOTO: Telegram

Saudiya Arabistoni davlatida 17 yoshli futbolchilar o'rtasida Osiyo chempiontining hal qiluvchi bahslari bo'lib o'tmoqda.

Yarim final doirasida O'zbekiston U17 terma jamoasi Shimoliy Koreya U17 terma jamoasi bilan kuch sinashdi. 31 daqiqada Sadriddin Hasanov hisobni ochdi. 41-daqiqada koreyslar futbolchisi Kang Myong Bom maydondan chetlatildi. Belgilangan penaltidan esa terma jamoamiz vakili foydalana olmadi. Jamshidbek Rustamov 62 daqiqada hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi. Oradan 3 daqiqa o'tib esa Abubakir Shukurullayev ham o'z hisobiga gol yozdirib qo'yib, terma jamoamizning yirik hisobda g'alabasini ta'minladi.

Ushbu yirik g'alabadan keyin hamyurtlarimiz final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Oʻzbekiston 3:0 KXDR

Gollar: Sadriddin Hasanov 31’, Jamshidbek Rustamov 62’, Abubakir Shukurullayev 65’

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting