Filipe Luis “Monako” tarixida noyob rekord o‘rnatdi
“Monako” tarixida avval hech bir murabbiy barcha musobaqalar hisobida faoliyatini ketma-ket beshta g‘alaba bilan boshlamagan.
Foto: Getty Images
“Monako” bosh murabbiyi Filipe Luis klub tarixida yangi rekord o‘rnatdi. Braziliyalik mutaxassis Fransiya chempionatining 3-turida PSJ ustidan 2:1 hisobida qozonilgan g‘alabadan so‘ng jamoa boshqaruvidagi dastlabki besh uchrashuvining barchasida zafar quchgan ilk murabbiyga aylandi.
Actu Foot Stats ma’lumotiga ko‘ra, “Monako” tarixida avval hech bir murabbiy barcha musobaqalar hisobida faoliyatini ketma-ket beshta g‘alaba bilan boshlamagan.
Filipe Luis qo‘l ostida monakoliklar Liga 1da uchta g‘alabani qo‘lga kiritgan, shuningdek, Konferensiyalar ligasi saralashidagi ikki uchrashuvda ham raqiblarini mag‘lub etgan.
Ma’lumot uchun, “Monako” navbatdagi uchrashuvini 12-sentabr kuni Liga 1 doirasida safarda “Strasbur”ga qarshi o‘tkazadi.