locale OZ

Filipe Luis «Monako» bosh murabbiyiga aylanadi

Luis mart oyi boshida 'Flamengo'dagi lavozimini tark etgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Filipe Luis «Monako» bosh murabbiyiga aylanadi
ФОТО: Getty images

Braziliyalik murabbiy Filipe Luis tez orada 'Monako'ni boshqaradi.

Insayder Fabrizio Romanoning eksklyuziv hisobotiga ko'ra, monegasklar 40 yoshli mutaxassis bilan kelishuvga erishgan.

Liga 1 vakili 'Flamengo'ning sobiq ustozi uchun kurashda bir qator boshqa da'vogarlardan ustun keldi.

Madridning 'Atletiko' klubi va Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi 'qizil-oq'lar bilan 2028 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan shartnomani imzolashga rozi bo'ldi.

Filipe Luis mart oyi boshida 'Flamengo'dagi lavozimini tark etgan edi. Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu ketishiga murabbiyning 'Chelsi' bilan yashirin muzokaralar olib borganligi sabab bo'lgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting